Gap harbiy jinoyatlar sodir etilişi mumkin bölgan nizo yuzaga kelgan taqdirda, harbiy xizmatni ötaşdan boş tortgani uçun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki ta’qib qilinayotgan şaxslarga bunday maqomni beriş imkonini yaratuvçi qoida haqida ketyapti.
Sudning ta’kidlaşiça, faqat zaxirada böliş faktining özi boşpana oliş uçun yetarli emas.
Ma’lumot uçun, Germaniyada ham Rossiya fuqarolaridan boşpana masalasida yöllangan murojaatlar soni keskin oşgan. Joriy yilning dastlabki uç oyida rossiyaliklar tomonidan 2381 ta dastlabki ariza topşirilgan bölsa, ötgan yil davomida bu körsatkiç 2851 tani taşkil etgan.
Şu bilan birga, Rossiyadan boşpana izlovçilar orasida erkaklar uluşi ortdi: 2022 yilda ular 59 foizni, 2023 yil yanvar-mart oylarida esa 64 foizni taşkil etdi.
2022 yil uçun Germaniyadan boşpana söraş böyiça dastlabki arizalar soni umumiy statistikasida rossiyaliklar Suriya, Afğoniston, Turkiya, Eron, Iroq va Gruziya fuqarolaridan keyin yettinçi örinda turadi.
Qoçqinlar va migratsiya böyiça federal idora vakilining Table.Media naşriga ta’kidlaşiça, rossiyalik dezertirlar ham Germaniyadan boşpana söraşi mumkin. «Qoidaga köra, ular xalqaro himoyaga ega», dedi u.














