Rossiyada maktab o‘quvchilariga dronlardan jangovar foydalanish asoslari o‘rgatiladi
Dastlabki harbiy tayyorgarlik doirasida dronlardan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Kurslar 1 sentabrdan boshlanadi.

Foto: Shutterstock
Rossiyada 1 sentabrdan maktab o‘quvchilari dronlardan jangovar foydalanish asoslarini o‘rgana boshlaydi. Mashg‘ulotlar dastlabki harbiy tayyorgarlik kursi doirasida o‘tkaziladi, dedi 21 iyul, juma kuni RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida Federatsiyalar kengashi huzuridagi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari Artem Sheykin.
Sheykinning so‘zlariga ko‘ra, tegishli taklif «Federatsiyalar kengashi huzuridagi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha kengash bo‘limida ishlab chiqilgan va Rossiya mudofaa vaziriga yuborilgan». «Taklif ko‘rib chiqildi va qo‘llab-quvvatlandi, jumladan, Ta’lim vazirligi tomonidan ham», - dedi u.
Senator RIA «Novosti» agentligiga taqdim etgan Rossiya Mudofaa vazirligining javobida aytilishicha, dastur «dron turlari, maqsadi, ishlash xususiyatlari va umumiy tuzilishini o‘rganish, hududni razvedka qilish va dushman dronlariga qarshi kurashish usullarini» ko‘zda tutadi.
«Dastur Rossiya Ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va joriy yilning sentabr oyidan boshlab «Avangard» yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ta’lim tashkilotlari va o‘quv-metodik markazlarida joriy etilishi rejalashtirilgan», — deyiladi hujjatda.
Aprel oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin maktablarda dronlarni boshqarish kurslarini joriy etishga chaqirdi. Iyun oyi boshida «Vajnyye istorii» nashri Rossiya maktablari bolalarga dronlarni qanday boshqarishni o‘rgatish uchun o‘quv dronlari va boshqa jihozlarni xarid qila boshlagani haqida yozgan edi. Davlat xaridlari veb-saytida nashr Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Yoqutiston va Saxalinsk maktablaridan bunday jihozlarni sotib olish uchun arizalar topshirilganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy yilning 1 sentabridan boshlab Rossiya maktablarida «Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari» («OBJ») kursi boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Avvalroq 10-11-sinf o‘quvchilari Kalashnikov avtomatidan o‘q otish qoidalari, qo‘l granatalarining ishlashi va jangda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

20:05 / 04.07.2025
Moskva viloyatidagi Ozarboyjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

17:41 / 04.07.2025
Rossiyada ozarboyjonlik kriminal avtoritet Vagif Bakinskiy ushlandi

16:13 / 04.07.2025
Moskvada geolokatsiyasi o‘chirilgan migrantlar ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin

15:24 / 04.07.2025