Amerikada tahsil olayotgan asli özbekistonlik Muhammadobidbek Obidjonov maşinasini notöğri «parkovka» qilgani uçun 35 dollar miqdorida jarimaga tortildi. Uni amerikalik maşhur sudya Frank Kaprio söroq qilişi aks etgan video tarqaldi.

Sud zalidagi suhbatda Frank Kaprio talaba yöl harakatiga tösqinlik qilişda ayblanayotganini bildirgan.

Muhammadobidbek esa köçib kelişidan oldin unga maşinasini öşa yerga joylaştirişi mumkinligini aytganini va özi ham öşa joyda töxtaşga odatlangan boşqa maşinalarni körganini bildirgan. U boşqalardan farqli ölaroq faqat özi çipta olgan haydovçi bölganini keltirgan.

Sudya unga 15 ta holatdan faqat bittasi uçun 35 dollar miqdorida jarima qöllaşga qaror qilgan.

Şundan söng sudya öz odatiga köra ayblanuvçi bilan samimiy suhbat quradi va undan qayerlik ekanini, kelajakdagi rejalari qandayligini söraydi. Muhammadobidbek esa Amerikaga ötgan yili kelgani, Johnson and Wales universitetida öqiyotgani, ötmişda futbolçi bölgani, şu tufayli öz agentligini oçiş niyatida ekanini bildiradi.

Frank Kaprio undan Amerika va Özbekiston örtasida qanday farq körişi haqida söraydi.

«Men mamlakatimda heç qaçon yaşamaganman, çunki Rossiyada futbol bilan şuğullanişimdan oldin bakalavr darajasini Yevropada tamomlaganman. Ya’ni Özbekistonda tuğilganman, xolos. Hayotimning deyarli köp qismi mamlakatdan taşqarida ötgan», — degan Muhammadobidbek.

U sudyaning ingliz tilini qayerda örgangani haqidagi savoliga javoban Rossiyadagi maktabda örganganini aytgan.

Ma’lumot uçun, ayni vaqtda 86 yoşda bölgan huquqşunos Frank Kaprio AQŞning Rod-Aylend ştati Providense şahridagi boş munitsipal sudyasi bölib, dunyodagi eng adolatli sudyalardan biri sifatida nom qozongan. Uning raisligidagi sud majlislari 20 yildan ortiq vaqt davomida televideniyedagi «Providenseda qölga tuşganlar» (Caught in Providence) dasturi orqali namoyiş etiladi.

U asosan mayda jinoyatlar va yöl harakati qoidalarini buziş holatlarini körib çiqib, sudlanuvçi bilan dildan suhbat quradi. 2017 yilda uning sud zalidagi videosi internetda virus kabi tarqalib, 15 million martadan ortiq köriladi. 2021 yilda YouTube’dagi Caught in Providence kanalining körilişlar soni 400 millionga yetadi. Yaqinda uning özi u ötkazgan sud majlislarida olingan videolari körilişlari soni jami ikki milliarddan oşganini aytgandi.