Beeline Uzbekistan 2023-yilda rouming xizmatlaridan foydalanayotgan sayyohlarni hisoblab chiqdi. 2022-yilning birinchi olti oyi bilan solishtirishda, sayyohlar soni ancha ko‘paydi, bundan bir yil muqaddam yo‘lovchi tashish va dam olish bozori hali ham pandemiyadan tiklanib kelayotgan edi. Mijozlarning xohish-istaklarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’til va xizmat safarlari uchun rouming paketlarining xaridi atigi bir yil ichida ikki baravarga ko‘paygan.
Darvoqe, o‘zbekistonliklar ta’til yoki biznes yuzasidan borishni ma’qul ko‘radigan yetakchi mamlakatlar ham o‘zgardi. Qo‘shni davlatlar orasida an’anaga ko‘ra Qozog‘iston va Qirg‘iziston peshqadamlikni egallab turishibdi, oldingi yil bilan solishtirilsa, ta’tilni Gruziya va Ozarbayjonda o‘tkazishni qaror qilgan o‘zbekistonliklar soni 4.5 baravarga ortdi.
Uzoq xorij mamlakatlari orasida eng katta talabga ega uchta mamlakat avvalgidek Turkiya, BAA va Saudiya Arabistoni bo‘lib qolmoqda. 2023-yilning iyul oyida beshtalikka Xitoy va Koreya kirdi, oldingi yili esa o‘zbekistonliklar ko‘proq Misr va Germaniyaga borishgan edi.
— Biz nafaqat rouming paketlari katta talabga ega bo‘lib borayotganini, balki umuman olganda, tarmoq foydalanuvchilari xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlarni ham kuzatyapmiz. Hozirda qabul qiluvchi mamlakatda SIM-karta xarid qilmay, balki internet va qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar kiritilgan hamyonbop rouming paketlarini ulayotgan mijozlarimizning soni ortib bormoqda”, — deydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
— 2023-yilning yozida mijozlarimizga qulaylik yaratish maqsadida biz O‘zbekistondan tashqarida aloqa xizmatlaridan foydalanish paketlariga tubdan yangi yondashuvni ishlab chiqdik. Yangi rouming paketlarida mamlakatlar ro‘yxati 85 tagacha kengaytirildi, bunda biz narxlarni hududlarga bog‘lashdan voz kechdik va yagona takliflar yaratdik. Endilikda mijozlarimiz bir mamlakatdan boshqasiga rouming takliflarini almashtirmasdan sayohat qilishlari mumkin.
Beeline Uzbekistan mijozlari uchun rouming to‘plami amal qiladigan yangi mamlakatlar ro‘yxatiga bir qator boshqa davlatlar, masalan, Avstraliya, Albaniya, Bahrayn, Bosniya va Gertsegovina, Grenlandiya, Gretsiya, Dominikan Respublikasi, Iordaniya, Irlandiya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya, Malta, Marokash, Meksika, Mo‘g‘uliston, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Ummon, Falastin, Seyshel orollari, Serbiya, Sloveniya, Tayvan, Tanzaniya, Xorvatiya, Chernogoriya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Afrika kiradi.
Shuningdek, Beeline Uzbekistan rouming xizmatlarini ulash jarayonini sodda va tushunarli qildi. Endi mijozlar aloqada qolishlari uchun qulay bo‘lgan hajmda daqiqalar va gigabaytlarni o‘z ichiga olgan yagona paketni tanlashlari mumkin.
















