Qonun loyihasi bilan “Konstitutsiyaviy sud töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonunga Konstitutsiyaviy sud tomonidan referendumga çiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisida xulosa berilişini, şuningdek Konstitutsiyaviy sud sudyalari qayta saylaniş huquqisiz ön yillik muddatga saylanişini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi Konstitutsiya oliy yuridik kuçga egaligidan kelib çiqib, Konstitutsiya va qonunlarning sözsiz ustuvorligi hamda ularning bir xilda amalda bölişini ta’minlaydi.

Fraksiya a’zolari mazkur qonun loyihasi muhim konseptual hujjat ekanligi, uşbu yönalişdagi qonunçilikning uzviyligi va davomiyligini ta’minlaşda alohida ahamiyat kasb etişini e’tirof etib, uni qöllab-quvvatladi.