Butun dunyoda siyosiy maydon önglar va söllarga bölinadi. Bu, dunyo parlamentarizmida, siyosiy maydonida, partiyaşunosligida universal tuşunçalar va kategoriyalar hisoblanadi. Lekin Özbekistonda emas. Buning sababi nima? Nega Özbekistonda haliga qadar kimlar öng-u, kimlar söl, noma’lum?
Buning sabablari bir qança. Birinçi sabab – Özbekistonda şu paytga qadar real siyosiy raqobat bölmadi. Şuning uçun, siyosatçilar va partiyalar örtasida ğoyalar töqnaşuvi, siyosiy tiraşuv va bahslar kuzatilmadi. Natijada, qaysi partiya va siyosatçi öng-u, qay biri söl ekanini nafaqat jamoatçilik, balki ularning özlari ham tuşuniş darajasiga yetmadi.
Ikkinçi sabab – bizdagi siyosatçilar va siyosiy partiyalar imkon qadar universal bölişga, jamiyatning barça qatlamlarini qamrab olişga, ya’ni imkon qadar hammani öz tasarrufi va ta’sir doirasida uşlaşga harakat qiladi. Hammani qölga kiritiş maqsadida, aniq ijtimoiy qatlam va platformadan mahrum bölib qolayotganini har doim ham tuşunavermaydi.
Butun dunyoda önglar va söllar, va ularning örtasida joylaşgan markazçilar – universal tuşunça. Rivojlangan demokratik davlatlarda, har bir partiyaning aniq joylaşuvi bor. Ya’ni heç bir partiya, öng-söl kategoriyasidan taşqarida emas. Qolaversa, demokratik dunyoda önglar va söllarning mumtoz muammolari va yeçimlari ham mustahkam şakllanib ulgurgan.
Xöş, önglar va söllar qanday aniqlanadi? Ölçov mezonlari nimalardan iborat? Siyosatşunoslik fanida önglar va söllarni aniqlovçi usullar juda köp. Lekin, men imkon qadar soddalaştirib, quyidagi ölçov mezonini taklif qilmoqçiman.
Söllar uçun, eng asosiy qadriyat – bu tenglik. Söllarga köra, insonlar imkon qadar teng bölişi kerak. Ular örtasidagi har qanday ijtimoiy, iqtisodiy va boşqa tafovutlar insonlarning tahqirlanişiga, kamsitilişiga olib kelmasligi kerak. Şuning uçun ham söllar uçun milliyatçilikdan köra, internatsionalizm, diniylikdan köra kosmopolitizm muhimroq. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan esa, söllar insonlar örtasidagi moddiy tafovutni har xil usullar bilan kamaytirişga harakat qilişadi.
Aşaddiy söllar esa, tenglikni kuç işlatiş orqali bölsa-da, ta’minlaşga intilişadi. 20-asrda aşaddiy söllar eng kuçaygan davr böldi. Sobiq SSSR, Xitoy Xalq Respublikasi, Şimoliy Koreya, Kuba, Yevropa, Osiyo Afrikadagi juda köplab sotsialistik va kommunistik davlatlar hamda partiyalar, insonlar örtasidagi tenglikni katta repressiyalar hisobiga bölsa-da, ta’minlaşga urinib körişdi.

















