Jahon | 08:55 / 25.07.2023
5508
2 daqiqa o‘qiladi

Nemislar Ukrainaga 1 milliard yevrodan ortiq xayriya qildi

Germaniya ijtimoiy muammolar markaziy instituti (DZI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Germaniya xalqi Ukrainaga yordam berish uchun bir milliard yevro xayriya qilgan. 

Foto: HANNIBAL HANSCHKE/GETTY IMAGES

Institutning qayd etishicha, bu bir mamlakatga favqulodda yordam ko‘rsatish uchun bir yilda yig‘ilgan eng katta mablag‘dir. 

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda 2004 yilda Janubi-Sharqiy Osiyodagi sunami qurbonlari uchun va 2021 yilda toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 670 va 655 million yevro miqdorida yig‘ilgan xayriyalar turibdi.

Germaniyada Rossiya fuqarolaridan boshpana masalasida yo‘llangan murojaatlar soni keskin oshgan. Joriy yilning dastlabki uch oyida rossiyaliklar tomonidan 2381 ta dastlabki ariza topshirilgan bo‘lsa, o‘tgan yil davomida bu ko‘rsatkich 2851 tani tashkil etgan.

Shu bilan birga, Rossiyadan boshpana izlovchilar orasida erkaklar ulushi ortdi: 2022 yilda ular 59 foizni, 2023 yil yanvar-mart oylarida esa 64 foizni tashkil etdi. 

2022 yil uchun Germaniyadan boshpana so‘rash bo‘yicha dastlabki arizalar soni umumiy statistikasida rossiyaliklar Suriya, Afg‘oniston, Turkiya, Eron, Iroq va Gruziya fuqarolaridan keyin yettinchi o‘rinda turadi.

Mavzuga oid