Jahon | 10:45 / 26.07.2023
5338
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Bosh prokuraturasi «Dojd» telekanali faoliyatini «nomaqbul» deb topdi

«Dojd» rahbariyati tomoshabinlar xavfsizligi uchun Rossiyadan donatlar yig‘ishni o‘chirib qo‘yganini va rossiyaliklarning mavjud obunalarini bekor qilayotganini bildirdi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya Bosh prokuraturasi «Dojd» telekanalining ikki yuridik shaxsi – mos ravishda Latviya va Niderlandiyadan bo‘lgan SIA TV Rain va TVR Studios B.V.’ning Rossiya hududidagi faoliyatini «nomaqbul» deb topdi. Bu haqda 25 iyul, seshanba kuni idora saytida xabar berildi

Bosh prokuratura o‘z qarorini telekanal go‘yoki «FBK» hamda «Navalniy shtabi» ekstremistik tashkilotlari, shuningdek, terrorchilik tashkilotlari, «chet el agentlari» va boshqa «nomaqbul tashkilotlar» materiallarini tarqatayotgani bilan asosladi.

Bundan tashqari, prokuraturaning fikricha, «Dojd»ning ikkala yuridik shaxsi ham Rossiya hokimiyat organlarini obro‘sizlantiryapti, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqida «feyk» ma’lumotlar tarqatyapti va «chet el agentlari» deb e’lon qilingan odamlar va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlayapti. 

Qonunga ko‘ra, faoliyati nomaqbul deb topilgan tashkilotlarning Rossiyada faoliyat yuritishi taqiqlanadi. Rossiya fuqarolari va Rossiya yuridik shaxslariga nomaqbul tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etish, shu jumladan ularning materiallarini tarqatish va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik uchun ham ma’muriy, ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Mavzuga oid