IT Park rezidentlari eksporti hajmi ötgan yilning 1-yarim yilligiga nisbatan 2,7 baravarga ösib, 145,3 million dollarni taşkil etdi. Bu haqda taşkilot axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, hisobot davridagi eksport uluşining 45 foizi AQŞga, 14 foizi Buyuk Britaniyaga, 8 foizi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, 33 foizi Tsingapur, BAA, Şvetsiya, Kanada, Koreya kabi davlatlarga töğri kelgan.
Yönalişlar böyiça IT-xizmatlar eksporti tuzilmasini tahlil qilganda, rezidentlarning BPO xizmatlarining daromadlari 2022 yilning 1-yarim yilligi bilan soliştirganda yuqori qöşimça qiymatga ega xizmatlarga, xususan, dasturiy ta’minot va öyin işlab çiqiş xizmatlariga özgarganligi kuzatilgan.
“BPO xizmatlari jami eksportdagi uluşining 2022 yilda 63 foizdan 2023 yilda 20 foizgaça kamayganini köriş mumkin, ammo öyin işlab çiqariş kabi yönalişlardagi eksport 15,2 million dollarni taşkil etdi ( ösiş – 16,7 baravar). Dasturiy mahsulotlar eksporti 60 million dollarni (ösiş – 3,8 baravar), texnik qöllab-quvvatlaş xizmatlari esa 10,8 million dollarni (ösiş – 6 baravar) taşkil etdi”, deyiladi xabarda.
2023 yilning yakunigaça IT eksportning umumiy hajmi 300 million dollarni taşkil etişi kutilmoqda.












