“Aslida ham, aholining tinçligini ta’minlaş mahalladan boşlanişi kerak. Lekin mahallada jinoyatçilikni jilovlaş ahvolidan xalqimiz qançalik rozi?” - deya savol qöydi prezident.

Misol uçun, ötgan olti oyda mahallalarda barvaqt oldini oliş mumkin bölgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. Qotillik va tan jarohati bilan boğliq jinoyatlarning 50 foizi oilaviy-maişiy nizolar va muntazam janjallar oqibatida, öğrilikning 70 foizi işsizlik va moddiy yetişmovçilik sabab, yoşlar va ösmirlar jinoyatlari, asosan, oiladagi muhit va huquqiy savodxonlik yetişmasligi tufayli sodir bölmoqda.

Şuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatçilikning oldini olişda jilovni qöyib yuborgan.

"Ular orasida şaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun körayotgan, huquq-tartibot idoralarida işlaşga nomunosib bölgan bir qator rahbarlar ham bor", - dedi davlat rahbari.