Jahon | 12:07 / 28.07.2023
14388
2 daqiqa o‘qiladi

London: Afrika yetakchilari Rossiyaga uning «g‘alla bitimi»dan chiqishi munosabati bilan kelmadi

Rossiya «g‘alla bitimi»dan chiqishi fonida Afrika davlatlari yetakchilari Sankt-Peterburgdagi sammitga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumot berdi.

Foto: Vladimir Smirnov/TASS

Ukrainadagi urush bo‘yicha vaziyatga bag‘ishlangan navbatdagi sharhida Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 27 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya-Afrika konferensiyasida o‘tgan safargi 43 ga nisbatan 7 Afrika davlati rahbari ishtirok etganiga e’tibor qaratadi

Shu bilan birga, tadbir Rossiyaning Qora dengiz don tashabbusidan (QDDT) chiqqanidan o‘n kun o‘tib bo‘lib o‘tdi, deya xabar beriladi X ijtimoiy tarmog‘ida.

«G‘alla yo‘lagi» Afrikaga 30 million tonna Ukraina g‘allasini eksport qilish imkonini bergan, bu esa Efiopiya, Keniya, Somali va Sudan kabi mamlakatlarga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini ta’minlagan, deya eslatadi London.

Shu bilan birga, yetkazib berishning to‘g‘ridan to‘g‘ri uzilishidan tashqari, Ukrainaning Rossiya blokadasi ham don narxining oshishiga olib keladi, deya ta’kidladi Britaniya mahkamasi. 

«Ukrainadagi urush oqibatlari ikki yil ichida Afrikada oziq-ovqat xavfsizligi bilan keskin vaziyatni yanada kuchaytiradi», — deyiladi bayonotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid