Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiyalar kengaşi 28 iyul, juma kuni fuqarolarga çaqiruv qoğozi berilgan paytdan boşlab Rossiyadan çiqib ketişni taqiqlovçi qonunni ma’qulladi. Hujjatda ta’kidlanişiça, xorijga çiqişni taqiqlaş harbiy komissarlikka borişni ta’minlaşga qaratilgan vaqtinçalik çora hisoblanadi.

Rossiyadan çiqib ketişni taqiqlaş çaqiruv qoğozi reyestrda paydo bölgan paytdan boşlab kuçga kiradi. Muddatli harbiy xizmatçining mamlakatdan çiqib ketişini taqiqlaş töğrisidagi qaror harbiy komissarlik tomonidan unga çaqiruv qoğozi yuborilgan kuni çiqariladi. 

25 iyul kuni Davlat dumasi deputatlari harbiy hisobni yuritiş böyiça yagona reyestrini yaratişga qaratilgan qonunga özgartiriş kiritişni taklif qildi. Aprel oyida Davlat dumasi harbiy xizmatga majburlar va elektron çaqiruv qoğozlari raqamli reyestri töğrisidagi qonunni qabul qildi, Federatsiyalar kengaşi uni tasdiqladi. 

Bundan buyon çaqiruv varaqalari nafaqat şaxsan yoki iş beruvçi orqali, balki elektron şaklda ham topşiriladi. Barça çaqiruv qoğozlarining yuridik jihatdan kuçi bir xil böladi. Elektron çaqiruv qoğozlari - axborot resursida (çaqiruv qoğozlari reyestri) joylaştirilgan paytdan boşlab, poçta orqali jönatilganlari - yetkazilgan paytdan boşlab topşirilgan deb hisoblanadi. 

Rossiya Raqamli rivojlaniş vazirligi rahbari Maqsut Şadayevning aytişiça, çaqiruv qoğozlari reyestri kuzgi çaqiruv paytida işlay boşlaydi.