Farğona viloyati IIB bloger Olimjon Haydarov tovlamaçilik ustida qölga olingani haqida xabar tarqatdi.

“Aniqlanişiça, fuqaro O.X. joriy yilning 12 iyun kuni “Qöqon Istiqlol” savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan şuğullangan tadbirkorlarning işonçiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyğotiş orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruksiya işlari böyiça salbiy mazmundagi maqolalarni öziga tegişli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylaştirgan.

Qöşimça ravişda, bloger “Qöqon Istiqlol” savdo kompleksi MÇJ rasmiylaridan tovlamaçilik yöli bilan moddiy mablağ undirişga urinib, özi tomonidan tayyorlangan “Qöqonda huquqiy demokratik boşqaruvmi yoki şar’iy boşqaruvmi?» nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQŞ dollarini tovlamaçilik yöli bilan talab qilib, undan umumiy qiymatda 7,5 ming AQŞ dollarini qölga kiritib, qöşimça 2.500 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan qölga olingan”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Qöqon şahar IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uçun, Haydarov 12 iyul kuni Telegram-kanalida Qöqondagi yonib ketgan bozorda dökoni bölgan köplab tadbirkorlar rekonstruksiyadan keyin dökonsiz qolişi mumkinligini aytib maqola e’lon qilgan.

Tanqidiy çiqişlari bilan tanilgan Olimjon Haydarov 2022 yil iyulida diniy adovatni tarğib qiluvçi materiallar tarqatişda ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoqqa olingan, 2 sutkadan keyin apellyatsiya sudi qarori bilan ozod etilgandi. U, şuningdek, ötgan yili dekabrda mitinglar ötkaziş tartibini buziş va yolğon axborot tarqatişda ayblanib 21 mln söm jarimaga tortilgandi.