Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CAFA Futsal Cup-2023. O‘zbekiston Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi
CAFA Futsal Cup-2023 turniri so‘nggi 5-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Qirg‘izistonga qarshi parketga tushdi.
Foto: O‘FA
Dushanbedagi o‘yinda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz Husniddin Nishonov, Abdulla Solihov, Sunnatilla Jo‘rayev va Ilhom Hamroyevning gollari evaziga qo‘shnilar ustidan yirik g‘alabaga erishdi – 4:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston musobaqadagi 5 o‘yinda 3 g‘alaba va 2 durang qayd etgan holda 9 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda. 5-turda Afg‘oniston Turkmanistonni mag‘lub etib, 10 ochko bilan hozircha peshqadam bo‘lib turibdi. So‘nggi o‘yin mezbon Tojikiston (7 ochko) va Eron (9 ochko) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, turnir jadvalining yakuniy holati ma’lum bo‘ladi.
CAFA Futsal Cup-2023. 5-tur
O‘zbekiston – Qirg‘iziston – 4:0
Gollar: Husniddin Nishonov 10, Abdulla Solihov 29, Sunnatilla Jo‘rayev 34, Ilhom Hamroyev 40.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
14:16 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
08:28 / 12.05.2026