Oramizdagi odamlar: Bo‘yi o‘sishdan to‘xtagan farg‘onalik Alibobo
Alibobo 14 yoshda. Kasallik tufayli bo‘yi o‘sishdan to‘xtagan. Shunda ham u oilaning dastyori. Ro‘zg‘or yumushlarida onasiga yordam beradi. Bo‘yi allaqachon o‘zidan o‘tib ketgan ukalariga ota o‘rnida otalik qiladi. Alibobo otasini ko‘rmaganiga bu yil 9 yil bo‘ldi. Ota ichkilikka ruju qo‘yib oilasini tashlab ketgan.
Alibobo Farg‘ona shahri G‘ijduvoniy ko‘chasi 162-uyda buvisi, onasi va ikki ukasi bilan yashaydi.
“Otamni ko‘rmaganimga yillar bo‘ldi. Uni ko‘rgim keladi. Onamga ming rahmat aytaman. Ota o‘rnida ota, ona o‘rnida onalik qilyapti bizga. Otam har kuni ichib kelib oilada janjal ko‘tarar edi. Ichkilik sababli oilamiz parokanda bo‘ldi. Hozirda buvim, onam va ikki ukam bilan yashayman.
Kasallik tufayli bo‘yim (1 metr) o‘sishdan to‘xtagan. Shifokorlar bundan buyon o‘smasligimni aytishgan. Barmoqlarim yaxshi bukilmaydi.
Ayrim tengdoshlarim ba’zida bo‘yim pastligini yuzimga solishadi. Bunday vaziyatda tushkunlikka tushaman albatta. Lekin hayotligimdan Yaratganga shukrona aytaman.
Yaratgan ong, aql berib qo‘ydi. Oramizda mendanda og‘ir kasallar bor. O‘rnidan tura olmay bir joyda yotib qolgan, o‘tira olmaydigan, gapirolmaydigan qanchadan-qancha insonlarni ko‘rdim. Shularni ko‘rib turib shukr deyman.
Onamdan qarzim ko‘p. Bir joyim og‘rib qolsa boshimda parvona bo‘ladi. Ukalarimga ota o‘rnida ota, ham akalik qilaman. Ularni maktabga olib boraman, ovqatlantiraman. Kerak bo‘lsa ovqat tayyorlayman, idish-tovoq yuvaman. Tovuq va o‘rdaklarga don, suv beraman.
Onam qayerda ishlamasin uning yonida turganman. Kabobxonada idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishlagan paytlari ham men ularga yordamchi edim. Kichik ukam Muzaffarjon bo‘yim bilan tenglashib qoldi. Bu meni xursand qiladi. Ukam 5 yosh, oramizdagi farq 9 yoshdan iborat.
Farg‘ona shahri markazidagi yashab turgan hovlimiz “Bolajon dunyosi” xayriya fondi rahbari Rahmatilla Normatovniki. U hozirda oilamiz uchun alohida uy qurib beryapti”, – deydi Alibobo.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev
Mavzuga oid
11:06 / 03.11.2024
Farg‘onada ariqdan erkak kishining jasadi topildi
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
17:48 / 12.08.2024
Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr... Xarobadagi Jannat
15:00 / 24.07.2024