Insayder Fabritsio Romanoga köra, fransiyalik vinger Parij klubiga ötişga rozilik berdi. Tomonlar 5 yillik oğzaki kelişuvga erişgan. «PSJ» transfer böyiça «Barselona»ga rasmiy xat yöllagan.

L’Equipe xabariga köra, «PSJ» Rasmus Heylund transferini amalga oşira olmagaç, Dembelega taklif bilan çiqqan. 

Qayd etilişiça, «Barsa»ning Kilian Mbappe uçun parijliklarga Dembele va Gavini taklif qilişga uringani Usmonning Kataloniya klubini tark etiş qaroriga sabab bölgan. Uning şartnomadagi tovon puli 50 mln yevroni taşkil etadi, Parij klubi bu mablağni tölab transferni amalga oşirişi mumkin. Şartnomaga köra, bu mablağning faqat yarmi «Barsa» hisob raqamiga ötkazilsa, qolgan 25 mln yevroga futbolçining özi ega çiqadi.

Avvalroq, «PSJ» Kilian Mbappening jamoani tark etişiga şubha qilmayotgani sababli uning örniga Usmon Dembeleni taklif etmoqçi ekani haqida xabar qilingandi.