Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ombudsman: Rossiya 2022 yilda 700 ming bolani Ukrainadan olib chiqib ketdi
Rossiya bolalar huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili Mariya Lvova-Belovaning o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotiga ko‘ra, 2022 yilda Rossiya Ukrainadan 700 mingdan ortiq bolani olib ketdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar boshlanganidan beri Rossiya Ukrainaning 4,8 million aholisini, jumladan, 700 mingdan ortiq bolalarni «qabul qilgan».
Voyaga yetmaganlarning aksariyati Rossiyaga ota-onasi yoki yaqinlari bilan kelgani aytiladi. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar Rossiyaga olib ketilgan.
2022 yil davomida «DXR» va «LXR»dan 760 nafar bola Rossiyada vasiylik ostidagi oilalarga joylashtirildi. Bundan tashqari, Rossiya hukumati Xerson viloyatidagi Alyoshka bolalar uyining 52 nafar bolasini anneksiya qilingan Qrimga olib ketgan.
Ukraina bir necha bor Rossiyani ukrainalik bolalarni o‘g‘irlash va noqonuniy deportatsiya qilishda ayblagan. «Deti voyny» loyihasi ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainada voyaga yetmaganlarni majburan deportatsiya qilish bo‘yicha 19,5 ming holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
15:26 / 05.05.2026
“Hojatxona izlab, transformatorga kirib qolgan” – Mingbuloqda tok urgan bola qo‘llaridan ayrildi
09:12 / 20.04.2026