Professional boks tayanç taşkilotlaridan biri bölgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyul oyi yakuniga köra yangilangan reytinglarni (.pdf) e’lon qildi.
Unda özbekistonlik ikki nafar boksçi peşqadamlik qilmoqda. Jumladan, Isroil Madrimov birinçi örta vaznda (69,8 kg), Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda (57,1 kg) birinçi örinni egallab turibdi.
Şu bilan birga, ikkinçi öta yengil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev, eng yengil vaznda (47,6 kg) Hasanboy Dösmatov, yarim örta vaznda (66,6 kg) Şahram Ğiyosov 2-örinda bormoqda.
Yuqori körsatkiçlarga ega özbekistonlik boksçilardan birinçi yarim örta vaznda (63,5 kg) Botir Ahmedov 4-örinni, ikkinçi örta vaznda (76,2 kg) Bektemir Meliqöziyev 6-örinni egallab turibdi.











