Polşa mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak Belarus bilan çegarada Polşa qöşinlarining harbiy iştirokini oşiriş va u yerda qöşimça texnika, xususan, jangovar vertolyotlarni joylaştirişni buyurdi.
Bu haqda Polşa Milliy mudofaa vazirligining 1 avgust, seşanba kuni çop etilgan xabarida aytiladi. Çegarani mustahkamlaşga ikki Belarus vertolyoti bilan boğliq hodisa sabab böldi, Blaşakning sözlariga köra, seşanba kuni ular Polşa havo hududiga kirib kelgan.
Polşa Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, Belarus armiyasi çegara yaqinidagi Belovej viloyatida maşğulotlar ötkazgan va bu haqda Polşa tomonini xabardor qilgan. Maşqlar davomida öta past balandlikda bölgan hamda radar tizimlari tomonidan vaqtida aniqlanmagan ikkita vertolyot Polşa çegarasini buzgan. Polşa tomoni voqea haqida NATOni xabardor qilgan.
Belarus Mudofaa vazirligi çegarani buzganlik ayblovlarini rasman rad etdi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, Polşa tomoni - «kimdir aytdi» uslubida - «Belarus çegarasi yaqinida kuç va vositalarni yiğiş uçun yana bir asos» uçun ayblovlar qöygan va buni «çet eldagi xöjayinlari bilan maslahatlaşganidan keyin» qilgan.












