Jumladan, u kimyo fanidan test topşiriği kitobi varağini yirtgan va özi bilan olib ketgan. Uning qilmişi videokuzatuv tasviri orqali aniqlangan.

Qayd qilinişiça, abituriyent Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq test jarayonidan çetlatildi. 

Qonunçilikka köra, abituriyent imtihonga kalkulyator, luğat, kitob, jadval, kompyuter, uyali telefon, şpargalka, telekommunikatsiya qurilmalari va boşqa vositalarni olib kirişga harakat qilsa, ulardan foydalansa, test materiallarini boşqa abituriyentga uzatsa, ularga yordam bersa, bir-biri bilan gaplaşsa, test materiallarini binodan taşqariga olib çiqsa, test topşiriği kitobi varağini yirsa, imtihon vaqti tugaganda test materiallarini topşirişdan boş torsa test sinovidan çetlatiladi.

Şuningdek, abituriyent tomonidan topşirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent testdan çetlatiladi. Agar talabalikka qabul qilingan bölsa, oliy ta’lim muassasasi talabasi safidan çiqariladi. Hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiliş organiga yuboriladi.