U o‘zining Twitter sahifasida siyosiy kelishmovchiliklar «ukrain va polyak xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni buzishiga», hissiyotlar esa «xalqlarning asosiy manfaatlaridan ustun turishiga» yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «hissiyotlar sovishi kerak».

Shu tariqa, Zelenskiy Anjyey Duda ma’muriyatining xalqaro siyosat bo‘yicha idorasi rahbari Markin Pjidachning bayonotlari bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi. 

U Ukraina donining importini cheklash qarorini himoya qilib, Ukraina «o‘tgan oylar va yillar davomida Polshaning Ukraina uchun o‘ynagan rolini qadrlashni boshlashi kerakligini» aytdi. 

Bunga javoban Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Polsha elchisi Bartosh Tsixotskiyni, Polsha TIV esa Ukraina elchisi Vasiliy Zvarichni chaqirtirdi.