Vazirlar Mahkamasining “Harbiy maqsadga möljallangan mahsulotlar muomalasi hamda böşatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatiş va qayta işlaş sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalaş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizom quyidagi faoliyatlar uçun litsenziyalarni oliş tartibini belgilaydi:
qurol-yaroğ va uning öq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovçi qismlari va priborlarini, agar ulardan boşqa tarmoqlarda foydalanilmasa, şuningdek, ularni işlab çiqariş uçun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratiş, işlab çiqariş, ta’mirlaş va realizatsiya qiliş sohasidagi faoliyat uçun;
böşatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatiş (yöq qilib taşlaş, utilizatsiya qiliş, kömib taşlaş) va qayta işlaş faoliyati uçun.
Hujjatga muvofiq:
- litsenziyalovçi organ etib Mudofaa sanoati agentligi belgilangan;
- litsenziya oliş uçun ariza beruvçi-yuridik şaxs tegişli hujjatlar töplamini agentlikka Davlat feldʼegerlik xizmati orqali yuborişi lozim;
- arizani körib çiqiş muddati – 20 kun, körib çiqiş uçun yiğim miqdori – BHMning 2 baravari, litsenziyani beriş uçun – BHMning 5 baravari;
- hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bölgan taqdirda agentlik komissiyasi litsenziya beriş haqida qaror qabul qiladi;
- litsenziyaning amal qiliş muddati çeklanmagan.

















