Xususan, işga qabul qiliş Omskdagi «Desantnik» pravoslav sport klubi va Novosibirskdagi XHK punktlaridan biri orqali amalga oşirilyapti.
Aytilişiça, yollanma askarlar Prigojinning «Afrika» loyihalarida iştirok etiş uçun jalb qilinmoqda.
«Homiy»-kompaniyalar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşdan biroz oldin erkaklarni işga olyapti, keyin ularga «mukofot puli» beryapti, deb aniqlagandi avvalroq «Vajnyye istorii» jurnalistlari.
Rossiyalik milliarderlar Oleg Deripaska, Leonid Mixelson, Sergey Gordeyev, Mixail Gutseriyev va boşqalar Ukrainaga jangga borişga tayyor bölgan erkaklarni öz kompaniyalariga yollayapti va ularga şartnoma asosidagi xizmat uçun «mukofot puli» tölayapti. Bu haqda 1 avgust kuni «Vajnyye istorii» (iStories) internet naşri yozgan.
Jurnalistlar «Redut» XHKning sobiq yollanma askari, hozirda Rossiya qurolli kuçlarining bir qismi bölgan «Sokol» «köngillilar» batalonida vzvod komandiri hisoblanuvçi Igor Sergiyenko bilan suhbatlaşdi. Sergiyenkoning sözlariga köra, uning maoşi ikki manbadan olinadi: 200 000 rubl şartnoma böyiça xizmat uçun RF Mudofaa vazirligi tomonidan tölanadi, yana 100 000 rubl - «homiy» kompaniya tomonidan.
















