1 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot;
@e_dtm_mandat1bot;
@e_dtm_mandat2bot;
@e_dtm_mandat3bot;
@e_dtm_mandat4bot.