Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari Muzaffar Fayziyev işdan olindi. Bu haqda prezidentning viloyatga taşrifi doirasida ötkazilgan videoselektor yiğilişda ma’lum qilindi.

Kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş hamda mahalliy budjet daromadlarini köpaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğilişda ma’lum qilinişiça, joriy yilning olti oyida viloyatda 440 million dollarlik eksport amalga oşirilgan.

Lekin Yangiyöl tumani, Bekobod va Çirçiq şaharlarida töqimaçilik mahsulotlari; Zangiota va Yuqori Çirçiqda elektrotexnika mahsulotlari, Olmaliq şahrida quriliş materiallari eksporti ötgan yilga nisbatan kamaygan.

Sönggi uç yilda viloyatda sanoat hajmi 19 foizga ösib, 94 trillion sömga yetdi. Lekin uşbu davrda sanoat mahsulotlari Bekobod tumanida 3,6 foizga kamaygan bölsa, Parkentda bor yöği 2,6 foizga oşgan.

Ötgan uç yilda Zangiotaning viloyat sanoatidagi uluşi 8,3 foizdan 3,5 foizga, Angren şahrida esa 7,5 foizdan 4,8 foizga kamaygan.

Joriy yilning olti oyida viloyatda xizmatlar hajmi 7,3 foizga ösgan bölsa-da, bu körsatkiç Qibray va Yangiyöl tumanlarida 1 foizga ham yetmaydi.

Joriy yilda qurilişi reja qilingan 114 ta köp qavatli uy-joylardan bugungi kungaça atigi 9 tasi foydalanişga topşirildi.

Şu va boşqa kamçiliklarga yöl qöygani, işlarni lozim darajada taşkil qilmagani uçun:

  • Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari M.Fayziyev, Qibray tumani hokimi M.Mirqosimov va Yangiyöl tumani hokimi U.Yalgaşev hamda uşbu tumanlarning boşqa sektor rahbarlarini (Qibray tumani IIB boşliği Iskandar Raşidov, Qibray tumani prokurori Sanjar Salihov, Yangiyöl tumani IIB boşliği Rustam Abdusamatov, Yangiyöl tumani prokurori Farrux Abdurahimov) lavozimidan ozod qiliş;
  • viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga mas’ul örinbosari N.Şaripov, qurilişga mas’ul örinbosari Ş.Mahmudovga hayfsan e’lon qilişga körsatma berildi.

Muzafar Fayziyev 2020 yil noyabrida Toşkent viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Miragzam Qosimov Qibray tumaniga 2018 yil iyul oyidan buyon rahbarlik qilayotgandi.