“Özgidromet” xabariga köra, hududning katta qismida havo asosan biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat ertaga 5 avgust kuni şimoli-ğarbiy hududlarga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin, havo harorati +32...+37 darajagaça pasayadi.

6 avgust yakşanba kuni nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelişi respublikaning barça hududlariga tarqaladi. Kunduzgi harorat barça joylarda +30...+35 darajagaça, janubda +35...+38 darajagaça pasayadi. Bulutlilik köpayişi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning toğoldi va toğli hududlarida, şuningdek Buxoro, Navoiy viloyatlarida, keçasi esa Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Bugun şimolda, janubda va çöl hududlarda, dam oliş kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 avgust kuni şamolning kuçayişi ba’zida 20-25 m/s gaça yetişi mumkin.

Poytaxtda 4-6 avgust kunlari havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 3-6 m/s tezlikda esadi, 6 avgustda 12-17 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat +38...+40 darajadan +33...+35 darajagaça asta-sekin pasayadi.