Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishda, turizm yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va Janubiy Xitoydan mamlakatga sayyohlar oqimlarni ko‘paytirishga bevosita xizmat qiladigan Guanchjou–Toshkent–Guanchjou va Guanchjou–Samarqand–Guanchjou yo‘nalishlari orqali aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish o‘zaro manfaatli bo‘lishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tsyu Guanszi o‘z kompaniyasi bugungi kunda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida Urumchi va Pekindan parvozlarni amalga oshirayotgani, mavjud aviaqatnovlar yuqori darajada manfaatli ekanligini bildirar ekan, Guanchjoudan qo‘shimcha havo qatnovlarini amalga oshirish kompaniyaning strategik rejalarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida mamlakatga yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va Xitoy bo‘ylab O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga doir taqdimotlarni o‘tkazish masalalarida birgalikda ish olib borishga kelishib olindi.