Şavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni tongda Aşxobod şahriga jönab ketdi.
U yerda davlat rahbari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 15-sammitida iştirok etadi.
Tadbir kun tartibidan savdo, investitsiyalar, «yaşil» iqtisodiyot va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boşqa ustuvor yönalişlarda köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari örin olgan.
Turkmaniston poytaxtiga taşrif doirasida Şavkat Mirziyoyev qator ikki tomonlama uçraşuvlar ham ötkazadi.
Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) mintaqaviy köp tomonlama tuzilma bölib, mintaqa mamlakatlari örtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida 1985 yilda taşkil etilgan. Bugungi kunda taşkilotga Özbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afğoniston a'zo. Özbekiston IHTga 1992 yilda qöşilgan.
Taşkilotning 14-sammiti 4 mart kuni videoanjuman şaklida ötkazilgandi.












