UzAuto Motors Cobalt, Lacetti, Labo va Damas uçun şartnomalar oçilişini e’lon qildi va narxlari oşirilgan yangi konfiguratsiyalarni taqdim etdi.
Rasmiy e’londa avtomobillarni yetkazib beriş muddatini qisqartiriş maqsadida “işlab çiqariş jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilişi” aytilgan.
Kun.uz bu borada aniqlik kiritişni sörab, kompaniya matbuot xizmatiga murojaat qildi. Ma’lum qilinişiça, bundan keyin ma’lum bir muddatda qança avtomobil işlab çiqariş rejalaştirilgan bölsa, şunça miqdordagi avtomobillar uçun kontraktatsiya qilinadi.
Misol uçun, 3 kun içida Lacetti uçun 70 mingta şartnoma qilinsa va yilning qolgan qismidagi işlab çiqariş prognozlari 70 mingtadan oşmasa, şartnoma beriş töxtatiladi. Bu muddatda işlab çiqariş oşsagina, qöşimça şartnomalar beriladi.
Şuningdek, 7 kun içida puli tölanmagan har qanday şartnomalar avtomatik ravişda bekor qilinadi. Eslatib ötamiz, oldindan tölov miqdori kamida 50 foizni taşkil etadi.












