Belarus poytaxti Minsk şahrida MDH mamlakatlarining II öyinlari start oldi.
«Minsk Arena»da taşkil etilgan musobaqaning oçiliş tadbirida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko iştirok etdi. Marosim Belarus va MDH davlatlari bayroqlarining tantanali ravişda kötarilişi bilan boşlandi.
Eşkak eşiş böyiça ikki karra Olimpiada çempioni Yekaterina Karsten, trampolinda sakraş böyiça Olimpiya çempioni Ivan Litvinoviç va kanoeda eşkak eşiş böyiça Olimpiya çempioni Aleksandr Maseykov davlat madhiyasi sadolari ostida Belarus bayroğini baland kötardi.
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi bayroğini kötariş marosimida belaruslik yana uç nafar taniqli sportçi – yengil atletika böyiça Olimpiya çempionlari Yanina Provalinskaya-Korolçik va Yuliya Nesterenko hamda gandbol böyiça Olimpiya öyinlari çempioni Andrey Barbaşinskiy iştirok etdi.
MDH davlatlarining II öyinlari 4-14 avgust kunlari Belarusning 11 şahrida sportning 20 turi böyiça ötkaziladi. Unda Rossiya, Belarus, Armaniston, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston, şuningdek, musobaqaga mehmon maqomida taklif etilgan yana 13 davlatdan ikki mingdan ortiq sportçi iştirok etadi. Turnirda 246 ta sovrinlar töplami öynaladi.
MDH mamlakatlarining I öyinlari 2021 yilda Rossiyaning Qozon şahrida ötkazilgan.












