5 avgust kuni tunda Jizzax viloyati, Foriş tumani, «Döstlik» mahallasida yaşagan 1975 yilda tuğilgan A.X. piçoqlandi. Jizzax viloyati IIB «Foriş tumanidagi qişloqlardan birida boğça direktori piçoqlab öldirildi» degan mazmunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga şunday izoh berdi.
Qayd qilinişiça, A.X. Foriş tumani tibbiyot birlaşmasiga tan jarohatlari bilan keltirilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, uning biologik ölimi qayd etilgan.
Olib borilgan tezkor suriştiruv jarayonida A.X. öz mahalladoşi bilan kelişmovçilik yuz bergani oqibatida piçoqlangani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3- qismi «d» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat sodir etişda gumonlangan şaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Marhumning qaysi boğçada direktor bölib işlagani haqida ma’lumot berilmadi.












