Ukrainada urushning 528-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Zaporijjya shahri chekkasida zarba oqibatida yong‘in chiqqan.
  • Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar «Motor Sich» korxonasi va Xmelnitskaya oblastiga hujum qilgan. Raketalarning bir qismi urib tushirilgan.
  • Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukrainadagi urushga tinch yo‘l bilan barham berish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Unga Rossiyani taklif etishmagan.
  • Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiy xarajatlarini oshirgan — budjetning uchdan bir qismi hajmida.
  • BBC va «Mediazona» Ukrainada halok bo‘lgan 29 mingdan ortiq rossiyalik harbiy shaxsini tasdiqladi.
  • RF mudofaa vazirligi AQSh harbiy-havo kuchlari razvedkachi droni Qora dengiz ustida Rossiya chegaralariga yaqin kelgani haqida xabar qildi. Su-30 qiruvchisi havoga ko‘tarilgan.
  • Novorossiyskka dengiz dronlari hujum qildi. Rossiyaning «Olenegorskiy gornyak» nomli katta desant kemasi shikastlangan.
  • Rossiyaliklar tankeri Kerch bo‘g‘ozida dengiz droni hujumi oqibatida shikastlandi. Ukrain nashrlariga ko‘ra, bu hujum Ukraina xavfsizlik xizmatining maxsus amaliyoti bo‘lgan.
  • Ukraina RFning Qora dengizdagi portlari akvatoriyasini harbiy tahdid zonasi deb e’lon qildi.
  • «Agar rossiyaliklar „qasir-qusir“ tinishini istashsa, ular Ukraina hududiy suvlari va bizning yerlarimizni tark etishi kerak». Ukraina xavfsizlik xizmati RF kemalariga dengiz dronlari hujumini shunday izohladi.

Rossiyaning Novorossiysk portida kamikadze kater hujumidan shikastlangan desant kemasi

2023 yil 4 avgust kuni olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirida ukrainaliklarning kamikadze kateri hujumiga uchragan «Olenegorskiy gornyak» katta desant kemasidagi shikastlanishlar ko‘zga tashlanadi. Kemaning chap borti qiyshaygan, ammo u suzish qobiliyatini saqlab qolgan va shatakka olinib, prichalga keltirilgan.

Ukrainlarning bir necha yuz kilogramm portlovchi moddalar o‘rnatilgan ekipajsiz katerlari so‘nggi oylarda RF Qora dengiz floti kemalari va boshqa nishonlarga ko‘p bor hujum uyushtirdi — va bu hujumlarning aksari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Ammo iyul va avgust oylarida Ukraina bunday dronlar vositasida Qrim ko‘prigi, desant kemasi, 5 avgustga o‘tar kechasi esa — RF QKning Suriyadagi harbiy bazasiga yuk tashishda foydalanilgan tankerga zarar yetkazdi.