Iroq hukumati mamlakatda Telegram messenjeri bloklangani haqida xabar berdi. Bu qaror «yuqori organlarning mamlakat milliy xavfsizligi bilan boğliq körsatmalari, şuningdek, fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlarini saqlaş maqsadida qabul qilindi», — deyiladi Iroq Aloqa vazirligi 6 avgust, yakşanba kuni e’lon qilgan bayonotda.
Hujjatda qayd etilişiça, Iroq davlat idoralari Telegram boşqaruv kompaniyasidan «rasmiy davlat idoralari ma’lumotlari va fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqişi uçun javobgar bölgan platformalarni yopiş böyiça hamkorlik qiliş»ni bir neça bor söragan. Biroq, idoraga köra, kompaniya bu murojaatlarga e’tibor bermagan.
«Aloqa vazirligi fuqarolarning söz erkinligi, davlat va uning institutlari xavfsizligiga zarar yetkazmasdan muloqot qiliş huquqlariga hurmat bilan qaraşini yana bir bor tasdiqlaydi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Telegram faqat Eron va Xitoyda töliq bloklangan edi. Turli vaqtlarda messenjerning faoliyati Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Afğoniston, Braziliya, Hindiston, Indoneziyada vaqtinça çeklangan.












