15:55 / 07.08.2023
9328
Reklama

Qizg‘in yoz: Beeline Uzbekistan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda mobil internetni tezlashtirmoqda

Beeline Uzbekistan kompaniyasi tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli texnik ishlarni amalga oshirmoqda. Yozning atigi ikki o‘tgan oyi mobaynida - iyun va iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasining to‘qqiz tumani va Xorazm viloyatining besh tumanida aloqa sifati yaxshilandi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Aksariyati yuqori internet tezligiga ega 4G/LTE standartini qo‘llab-quvvatlaydigan yangi baza stansiyalarining ishga tushirilishi, shuningdek, avval o‘rnatilgan qurilmalarning modernizatsiya qilinishi mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish imkonini bermoqda.

Tarmoqni modernizatsiya qilish va yangi baza stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha ishlar butun mamlakat bo‘ylab, jumladan, O‘zbekiston hududining 40 foizini egallagan eng yirik hudud — Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham amalga oshirilmoqda. Hatto haddan tashqari issiq ob-havo sharoitlarida ham — yozda havo harorati ko‘pincha 45 darajadan oshadi — Beeline Uzbekistan texnik mutaxassislari haftada yetti kun ishlaydi. Natijada nafaqat aloqa sifati yaxshilanadi, balki tarmoq qamrovining hududi ham sezilarli darajada kengayadi.

Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida joylashgan Jana Qal’a qishlog‘i aloqa bilan ta’minlangan. Turkmaniston bilan chegaradosh bu chekka qishloqda atigi 390 nafar aholi istiqomat qiladi. 

Aholi soni kam bo‘lishiga qaramay, Beeline Uzbekistan bu yerda baza stansiyasini o‘rnatgan birinchi kompaniya hisoblanadi.

“Texnik mutaxassislarimizning harakati tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining 14 tumanida aloqa sifatini yaxshilashga erishdik. Biz barcha mijozlarimizni, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, aloqa bilan ta’minlash maqsadida, hatto chekka aholi punktlarida ham qamrov hududini kengaytirishda davom etamiz”, — deydi Beeline Uzbekistan G‘arbiy hududiy filiali direktori Aybek Uzoqov.

Quyidagi shahar va tumanlarda texnologik tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Nukus, Oqmang‘it, Beruniy, To‘rtko‘l, Xo‘jayli va Taxiatosh shaharlari; Amudaryo, Beruniy, Qo‘ng‘irot, Nukus, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Ellikqal’a tumanlari;

Xorazm viloyati — Urganch shahri; Bog‘ot, Urganch, Xonqa, Xiva va Shovot tumanlari.

Beeline Uzbekistan yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillar ro‘yxati bilan batafsil kompaniya saytida tanishish mumkin.


Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top