Jahon | 14:39 / 08.08.2023
27756
5 daqiqa o‘qiladi

Pokrovsk o‘qqa tutildi, okkupatsiya ostidagi Berdyansk saylovlarga tayyorlanmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 530-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Pokrovsk shahri bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Ukraina IIVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘lib, 81 kishi yaralangan. Qurbonlar orasida — Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Donetsk oblasti bo‘yicha o‘rinbosari, 52 yoshli Andrey Omelchenko ham bo‘lgan.
  • Rossiya TIV Volodimir Zelenskiyning «tinchlik formulasi»ni rad etib, uni «Rossiyaga ma’nosiz ultimatum» deb atadi. Ukraina prezidenti tomonidan taqdim etilgan formula Rossiya qo‘shinini olib chiqish va harbiy harakatlarni to‘xtatish, mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash, barcha asirlar va deportatsiya qilinganlarni ozod etish, tajovuz aybdorlari uchun tribunal va yetkazilgan zarar uchun tovon puli, shuningdek Ukraina uchun xavfsizlik kafolatini ko‘zda tutadi.
  • 7 avgustga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Xersonni uch bor o‘qqa tutdi. Bir kishi halok bo‘lib, kamida yetti kishi yaralangan.
  • Kaluga oblastida dron urib tushirildi. Samolyot tipidagi yana bir dron Belgorodga kirish chog‘ida bartaraf etilgan. Ikki regionda ham jabrlanganlar va vayrongarchiliklar qayd etilmagan.
  • Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon 763 ta madaniy meros obekti shikastlangan yoki yo‘q qilingan, deya xabar berdi Ukraina madaniyat vazirligi.
  • Vladimir Putin «Rostex» rahbariga «Kub» va «Lanset» kamikadze dronlari ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
  • Ukraina 22 nafar harbiy xizmatchisini asirlikdan qaytardi. Almashuv shartlari va boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Pokrovsk bo‘ylab zarba

7 avgust kuni kechqurun Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida, front chizig‘idan 40 kilometr masofada joylashgan Pokrovsk shahrini o‘qqa tutdi. Oblast ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, hujum vaqtida turar joylar, mehmonxona, do‘konlar va ma’muriy binolar shikastlangan. Ukraina IIV xabariga ko‘ra, 7 kishi halok bo‘lib, 81 kishi yaralangan, qurbonlardan biri — Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Donetsk oblasti bo‘yicha o‘rinbosari Andrey Omelchenko. RF mudofaa vazirligi bu zarbalar yuzasidan izoh bermadi.

Pokrovskda yashovchilardan biri Rossiya zarbasi vaqtida yaralangan ayolni ko‘tarib ketmoqda
Staniskav Krupar / EPA / Scanpix / LETA
Pokrovsk bo‘ylab yo‘llangan zarbalardan keyin chiqqan yong‘in
Head of the Donetsk Regional Military Administration Pavlo Kyrylenko / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskda og‘ir yaralangan mahalliy aholi vakiliga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi
Staniskav Krupar / EPA / Scanpix / LETA
Pokrovsk aholisi vakillari rossiyaliklar zarbasidan keyin qutqaruvchilar ishini kuzatmoqda
Staniskav Krupar / EPA / Scanpix / LETA
Yaralangan qizini tez tibbiy yordam mashinasiga olib chiqayotgan kishi
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskda zarbaga uchragan binolardan birida yashovchi kishini olib tushayotgan qutqaruvchi
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskda raketa zarbasi kelgan nuqtalardan biri
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Donbassdagi ukrain artilleriyachilari

M109 gaubitsasida ketayotgan ukrain harbiylari
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchisi M109 gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyasiga o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
M109 gaubitsasidan o‘t ochayotgan ukrainalik harbiylar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi minomyotni o‘qlashga tayyorlanmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainlar minomyotidan o‘t ochilishi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Okkupatsiya qilingan Berdyanskda «Yedinaya Rossiya» partiyasi tashviqoti

Berdyansk — Zaporijjya oblasti janubida, Ukraina nazoratida qolgan oblast markazidan taxminan 200 kilometr janubi-sharqda joylashgan shahar. Rossiya qo‘shini Berdyanskni 2022 yil 28 fevralida okkupatsiya qilgan.

Rossiyada va Ukrainaning RF armiyasi tomonidan ishg‘ol etilgan hududlarida sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan hududiy va munitsipal saylovlar oldidan, «Yedinaya Rossiya» partiyasi Berdyansk ko‘chalarida tashviqot bannerlarini ilib tashlagan.

Nazvaniye
Nazvaniye
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid