10:20 / 09.08.2023
66694

Toshkentda 8 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilgan katta yoshli kishi ushlandi

Toshkent shahar IIBB katta yoshli erkak voyaga yetmagan qizni o‘pib, unga nisbatan uyatsiz harakatlarni sodir etgani aks etgan videoga munosabat bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga yetmagan qizni qarshiligiga qaramasdan o‘pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etgani aks etgan video tarqaldi. Videoda aks etgan holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganishlar olib borilgan.

Qayd etilishicha, 8 avgust kuni taxminan soat 18:30 larda 63 yoshli M.I. Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo‘l chetida o‘tirgan voyaga yetmagan 8 yoshli Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Top