Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Jizzax, Farğona, Toşkent, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilişi bilan boğliq holatlarga çek qöyildi.
Jizzax viloyatidagi quriliş firmasi rahbari tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaro işonçiga kirib, Yangiobod tumani hokimligida işlovçi mansabdor tanişi yordamida, yopiq şaklda ötkaziladigan tender orqali unga mazkur tuman hududidan 200 gektar yer maydonini şamol elektr stansiyalari quriş uçun olib beriş evaziga 200 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, u söralgan pul mablağidan 100 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Şuningdek, jinoyatni töliq foş etiş maqsadida, quriliş firmasi rahbaridan olingan dastlabki körsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida mas’ul lavozimda işlovçi tanişi ham qölga olindi.
Farğona şahridagi mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbari va uning tanişi özaro til biriktirib, mazkur MÇJga investitsiya kiritib, ipak matolar tayyorlaş va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş uçun Farğona şahridagi kiçik sanoat zonasi hududidan ajratilgan 2 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 110 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan uşlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Parkent tumanida dehqonçilik yönalişida faoliyat yurituvçi fermer xöjalik rahbarining öğli mazkur xöjalikning 10 gektar yer maydonini xaridorga 50 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 26 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Sardoba tumanidagi fermer xöjalik rahbari mazkur xöjalikning sabzavot va poliz mahsulotlari yetiştiriş uçun möljallangan 5 gektar yer maydonini xaridorga 18 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, 17 900 AQŞ dollari va 1 mln 150 ming söm olgan vaqtida uşlandi.












