Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Jiddaga muntazam aviaqatnovlari!
Foto: Uzbekistan Airways
2023 yil 4 sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Jiddaga va ortga qaytuvchi muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu Makka va Madinaning musulmon ziyoratgohlariga tez va qulay tarzda borish imkonini beradi!
Muqaddas qadamjolarga ziyorat qilishni istagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini berish tartibi soddalashtirilganini hisobga olgan holda, yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Jiddaga har kuni muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Ta’kidlash joizki, endi O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonining Qirollik turizm vazirligi portali orqali vizani onlayn tarzda olishlari mumkin.

Jiddaga parvozlar har kuni quyidagi jadvallarga asosan amalga oshiriladi:
Dushanba, chorshanba, juma, yakshanba
• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 19:05
• Jiddaga yetib kelish soat 22:15
• Jiddadan jo‘nab ketish soat 23:45
• Toshkentga yetib kelish (keyingi kun) soat 06:30
Seshanba, shanba
• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 18:45
• Jiddaga yetib kelish soat 21:15
• Jiddadan jo‘nab ketish soat 23:45
• Toshkentga yetib kelish (keyingi kun) soat 06:30
Payshanba
• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 09:15
• Jiddaga yetib kelish soat 12:25
• Jiddadan jo‘nab ketish soat 14:00
• Toshkentga yetib kelish soat 20:45
Ushbu yo‘nalishdagi aviachiptalar qaytarilmaydigan tarif ekaniga e’tibor berishingizni va ularni rasmiylashtirishdan oldin qaytarish hamda qayta bron qilish cheklovlari bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytida 3% chegirma bilan sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, Toshkentdan Jiddaga va boshqa yo‘nalishlardagi parvozlar uchun aviachiptalarni UzAirways ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” filiali yoki aviakompaniya agentlari orqali xarid qilishingiz mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
17:58 / 21.01.2026
Uzbekistan Airways samolyoti dvigateli ishlamay qolgani sababli Krasnoyarskka favqulodda qo‘ndi
09:42 / 15.01.2026
Eron havo hududi yopilishi: Uzbekistan Airways, Jazeera va Fly One Asia reyslari yo‘nalishini o‘zgartirdi
20:37 / 13.01.2026
Qozog‘iston osmonida O‘zbekiston va Rossiya samolyotlari xavfli yaqinlashgani ma’lum bo‘ldi
20:36 / 30.12.2025