Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zeekr 001 FR namoyish etildi. Uning narxi qariyb 140 ming dollardan boshlanadi
Geely kompaniyasi Zeekr 001 FR elektromobilini taqdim qildi.
Modelning intereri yangilangan dizaynda, tashqi ko‘rinishi ham biroz o‘zgargan. Biroq avtomobil standart liftbek Zeekr 001’ning umumiy dizaynini o‘zida saqlab qolgan.
Old bamper o‘zgarishlarga uchragan. Qizil spoylerdan foydalanilgan. Kompaniya ushbu modeli orqali Tesla’ning Model S Plaid’iga raqobatchi bo‘lishni ko‘zlagan.

Zeekr 001 FR yangi dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan. Biroq hozircha elektromobilning boshqa xususiyatlari, imkoniyatlari ma’lum qilinmadi. Standart Zeekr 001 554 ot kuchiga ega dvigatel bilan harakatlanadi.
Kompaniya, shuningdek, 001 FR — modelning maxsus versiyasi ekanligini ta’kidlab, narxi 138 700 dollardan boshlanishini e’lon qildi. Hozircha modelning qachondan seriyali ishlab chiqarilishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Yevropada narxi 55 940 yevrodan boshlanadigan Zeekr 001 uchun sotuvlar ochilgandi. Uni seriyali ishlab chiqarish ham boshlangan.
Mavzuga oid
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
19:45 / 03.12.2025
50 ming dollarlik da’vo: Toshkentda zaryadga qo‘yilgan elektromobil nega yonib ketgandi?
10:32 / 20.11.2024
Chilonzorda Zeekr va Onix to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohat oldi
17:00 / 02.10.2024