Alibaba O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytiradi
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Xitoyning yirik Alibaba group kompaniyasi strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Zou boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Agro.uz
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda dastlab ikki tomon qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlar va hamkorlik istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi. Hozirgi kunda hamkorlikda O‘zbekistonning 118 ta oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, tekstil va boshqa yo‘nalishdagi korxonalarning 8000 dan ortiq mahsulotlari Alibaba.com savdo bozorida sotilmoqda.
Uchrashuvda mamlakat yalpi ichki mahsuloti yirik qismi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelayotgani va shu bilan birga, mamlakatda yetishtirish va ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan rivojlanayotgani ta’kidlandi. O‘tgan yili O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 1,3 milliard AQSh dollari bo‘lgani va bu ko‘rsatkich bor imkoniyatlarni ishga solishga yetarli emasligi, hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligi qayd etildi.
Muloqot davomida, shuningdek, Alibaba.com strategik rivojlanish savdo platformasi bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq–ovqat mahsulotlari eksportini keskin oshirish maqsadida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

12:05 / 16.05.2025
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi

18:42 / 13.05.2025
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov

19:53 / 10.05.2025
Tanqidga toqatsizlik belgisi yoxud jamoatchilikning ko‘zi qanday moylanmoqda?

12:15 / 10.05.2025