«Bavariya» klubi Harri Keyn jamoa futbolçisiga aylanganini e’lon qildi. Myunxen klubi va angliyalik 30 yoşli hujumçi örtasida 4 yillik şartnoma imzolangan.
Nemis klubi Keyn transferi uçun «Tottenhem»ga 100 million yevro tölaydi va yana 20 million bonus sifatida tölanişi mumkin.

Şu tariqa, 30 yoşli hujumçi ilk bor xorij çempionatida öynab köradi.
Insayder Florian Plettenbergga köra, Keyn «Bavariya» safida 12 avgust kuni Germaniya Superkubogi uçun «RB Leypsig» klubiga qarşi keçadigan öyindayoq maydonga tuşişni istamoqda.
Ma’lumot uçun, Keyn 2022/23 yilgi mavsumda londonliklar safida 49 öyin ötkazib, 32 gol urgan va 5 golga uzatma bergandi. Uning klub bilan hozirgi şartnomasi keyingi yil yozigaça tuzilgandi.












