«PSJ» klubi rasmiy sayti fransiyalik hujumkor yarimhimoyaçining transferini e’lon qildi. Dembele «PSJ» klubi bilan 2028 yilgaça möljallangan 5 yillik şartnoma imzoladi. Parij klubi 26 yoşli vingerning transferi uçun «Barselona»ga 50 million yevro tölaydi. Bu Dembelening Kataloniya klubini tark etiş uçun şartnomadagi tovon puli hisoblanadi. Kelişuv şartlariga binoan, mablağning teng yarmi futbolçining hisob raqamiga ötkazilişi belgilangan.

Ma’lumot uçun, 26 yoşli vinger 2016 yil Fransiyaning «Renn» klubidan «Borussiya»ga ötgan, Dortmund klubidan esa 2017 yilda 105 million yevro evaziga «Barselona»ga transfer qilingandi. Dembele Kataloniya klubida ötgan mavsum La Ligada 25 öyinda 5ta gol va 7ta assist qayd etib, yakunda Ispaniya çempioniga aylangan edi.