Angliya: «Arsenal»ning javobi

«Arsenal» – «Nottinghem Forest» 2:1
Gollar: 1:0 – 26 Nketia, 2:0 – 32 Saka, 2:1 – 82 Avoniyi.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Saliba, Timber (Tomiyasu, 50), Edegor, Rays, Haverts, Parti, Saka, Martinelli (Gabriel, 86), Nketia (Trossar, 73).
Nottinghem Forest – Tyorner, Oryye, Boli, Makkenna, Uorrell (Kris Vud, 88), Ayna (Uilyams, 72), Mangalya, Yyeyts, Gibbs-Uayt, Danilo (Avoniyi, 71), Jonson (Elanga, 80).
Ogohlantirishlar: Ayna (28), Timber (45), Mangalya (81).

Agar barchasini o‘tgan mavsumdagi chempionlik poygasi davomiga mengzasak, juma kuni «Manchester Siti» chempionshipdan qaytgan «Byornli»ni ishonchli hisobda mag‘lub etib (3:0), o‘z yurishini amalga oshirgandi. Umuman olganda, bunday natijaga hech kimda shubha yo‘q edi, «Arsenal»ning bir kun keyinga belgilangan o‘yini esa biroz kechikib boshlandi. Sababi — bu mavsumdan joriy qilingan muqobilsiz elektron chiptalar tizimi bilan bog‘liq muammolar.

O‘yin boshlangach esa «Nottinghem» mezbon muxlislarni qo‘rqita oldi, ammo himoyachilardan qochib ketgan Jonson xato zarba berdi, ko‘p o‘tmay Martinellining ikki himoyachiga orasidan tovon bilan yo‘llagan pasini Nketia sobiq jamoadoshi Mett Tyorner qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘lladi. Bu epizodda mezbonlarga omad ham yordam bergan bo‘lsa (to‘p himoyachilardan biriga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi), Sakaning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi — faqat futbolchining mahorati evaziga bo‘ldi. O‘yin oxirida zaxiradan tushgan Elanga va Ayvonining qarshi hujumda urgan goli hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, londonliklar uch ochkoni o‘ziniki qilishdi. Londonliklarning niderlandiyalik yangi himoyachisi Yurriyen Timberning jarohati esa Mikel Artetaning ko‘nglini xira qildi, u jamoa o‘yiniga juda yaxshi kirishib ketgandi.

«Nyukasl» – «Aston Villa» 5:1
Gollar: 1:0 – 6 Tonali, 1:1 – 11 Diabi, 2:1 – 16 Isak, 3:1 – 58 Isak, 4:1 – 77 Uilson, 5:1 – 90 Barns.
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes (Longstaff, 85), Tonali (Anderson, 90), Almiron (Merfi, 86), Joelinton, Gordon (Barns, 68), Isak (Uilson, 68).