Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Kilian Mbappe tarkibga qaytganini e’lon qildi
Kilian Mbappe «PSJ»dagi faoliyatini davom ettiradi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Parij klubi rasmiy sayti Kilian Mbappe «Loryan»ga qarshi o‘yindan (0:0) keyin yakshanba kunidan boshlab mashg‘ulotlarga qaytganini e’lon qildi.
«Loryan»ga qarshi o‘yindan oldin klub va Kilian Mbappe o‘rtasidagi konstruktiv va do‘stona muzokaralardan keyin jamoa hujumchisi yana tarkibga qaytarildi va yakshanba kungi mashg‘ulotlarga qo‘shildi», - deyiladi Parij klubi xabarida.
Qayd etilishicha, «PSJ» Kilianni 2024 yilda «Real»ga o‘tishini kafolatlagan holda u bilan kelishuvni 2025 yilga qadar uzaytirishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe Yaponiyada o‘tgan mavsum oldi turnega jo‘nab ketish oldidan Parij klubi tarkibidan chetlatilgandi. Bunga futbolchining klub bilan shartnomasini uzaytirmay, 2024 yilda jamoani erkin agent sifatida tark etish rejasi sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025
Mbappe va PSJ sudda bir-biridan 200 mln yevrodan ortiq talab qildi
12:01 / 10.09.2025