Xiaomi smartfonlariga örnatilgan içki antivirus MIUI tizimiga ega qurilmalarga Telegram messenjerini örnatişni taqiqlay boşladi va dasturni «xavfli» deb belgiladi.
Bleeping Computer xabariga köra, bu 2022 yilda MIUI tizimiga joriy qilingan xavfsizlik funksiyalari bilan boğliq. Uning vazifasi qurilmalarda zararli dasturlarni belgilab oliş va işga tuşirişni taqiqlaşdir.
Biroq, bu xususiyat foydalanuvçilar orasida tanqid qilinmoqda. Çunki kompaniya özi uçun nomaqbul ilovalarni senzura qiliş uçun potensial vositaga ega böldi. Va endi bu Telegram bilan sodir bölmoqda.
Taxminlarga köra, Telegram ilovasining taqiqlanişi Xitoy rasmiylarining xabar almaşiş uçun xorijiy ilovalarga kirişni çeklaş va raqamli makon ustidan nazoratni kuçaytiriş istagi bilan boğliq bölişi mumkin. Facebook, Twitter va YouTube kabi maşhur ijtimoiy tarmoqlar ham yillar davomida rasmiylar tomonidan nişonga olingan va şu sababli Xitoyda ularning muqobil variantlari keng tarqalgan.
Taqiqlaş global «proşivka»ga ega MIUI smartfonlariga ta’sir qilmasa-da, Xitoy «proşivka»larida işlaydigan smartfonlarga qanday ta’sir qilişi hozirça aniq emas. Lekin, AliExpress orqali sotib olinadigan va Xitoy «proşivka»siga ega Xiaomi smartfonlari egalarining muammoga duç keliş ehtimoli bor.












