Jahon | 10:05 / 14.08.2023
17342
3 daqiqa o‘qiladi

Daniyalik turist dunyo bo‘ylab 10 yillik sayohatida biror marta samolyotdan foydalanmay rekord qo‘ydi

Tor Pedersen sayohati davomida biror marta parvoz qilmasdan faqat yer transportidan foydalandi, u bu tanlovi bilan dunyoda havo yo‘llari xizmatlaridan foydalanmay sayohat qilgan birinchi sayyohga aylandi.

44 yoshli Tor Pedersen 2013 yilda 4 yil davom etishi kutilgan ulkan missiyasini bajarishga yo‘l oladi.

Yaqindagina esa u o‘zi tashrif buyurgan 203-mamlakat – Maldivga yetib keldi.

Foto: abc.net.au

"Qaysidir ma’noda bu katta sotsiologik eksperiment bo‘ldi va u muvaffaqiyatli yakunlandi, deb ayta olaman. Chunki borganimda mehr va e’tibor ko‘rmagan mamlakatimning o‘zi bo‘lmadi", deydi sayohatchi.

BMT 195 ta suveren davlatni tan olgan, biroq Pedersen o‘z ro‘yxatiga ba’zi bahsli hududlarni ham kiritib 203 ta deb hisoblaydi. U borgan har bir davlatida kamida 24 soatni sarflaydi va piyoda, mashinada, avtobus, poyezdda, hatto 37 marta konteyner kemasida ham sayohat qiladi.

"Hozir men uchun konteyner kemasiga chiqish xuddi shahar avtobusiga chiqish bilan bir xil", deydi u.

Pedersen o‘zini dunyoda eng ko‘p sayohat qilgan 150 kishi orasida deb hisoblaydi. Biroq o‘zini sayohatlarini to‘xtatmasdan muntazamlik bilan amalga oshirgan, biroq samolyotda uchmagan birinchi sayyoh deb atamoqda.

Foto: abc.net.au

U sayohati davomida logistika, byurokratiya va G‘arbiy Afrikada ebola epidemiyasi kabi muammolarga duch kelgan, biroq bu muammolar uning doimiy sayohat qilib uni yakunlash orzusini amalga oshirishiga xalaqit qilolmadi.

Pedersen pandemiya vaqtida 2 yil Hongkongda qolib ketgan.
Foto: abc.net.au

Pedersen koronavirus pandemiyasi davrida 2 yil muddat Hongkongda qolib ketgan va hatto bir muddat loyihasini tugatish haqida ham o‘ylagan.

"Bu vaksinalar chiqqungacha bo‘lgan davr edi. Biz o‘zimizni oldinda nima kutayotgani va qanchalik xavfli ekani haqida bilmasdik", deydi Pedersen.

2 yillik tanaffus vaqti Pedersen sevgilisi Le bilan turmush quradi. Rafiqasi Le uni sayohatlari davomida 26 marta turli davlatlarga ko‘rgani borgan.

Foto: abc.net.au

Dunyo qayta ochilgach Pedersen yana sayohatini davom ettiradi. Uning kunlik sayohatga sarflagan puli atigi 20 dollarni tashkil qilardi. Sayohatlari uchun shaxsiy jamg‘armasi, tashkilotlar homiyligi va odamlarning qo‘llab-quvvatlashidan foydalandi. Tor Pedersenni ijtimoiy tarmoqlarda o‘n minglab odamlar kuzatib bordi.

Foto: abc.net.au

10 yillik sayohatning yakunida Maldiv orollariga yetib kelgan Pedersen va nihoyat o‘z mamlakati Daniyaga qaytib ketishni reja qilgan. U uyiga qaytish uchun ham samolyotda uchmaydi.

Pedersen so‘nggi to‘rt yil davomida to‘liq metrajli hujjatli film ustida ishlagan va sayohatlari haqida kitob yozishni ham rejalashtirgan.

Mavzuga oid