Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va Adana o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Farg‘ona viloyati hokimligida Turkiyaning Adana viloyati Saricham tumani hokimi Bilal Ululag‘ boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida Farg‘ona va Adana viloyatlari o‘rtasida har tomonlama hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Farg‘ona shahri va Saricham tumani o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion, ijtimoiy-madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Iqboljon Ergashev viloyatning investitsion, savdo-iqtisodiy salohiyati yuzasidan mehmonlarga ma’lumot berib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratdi.
Saricham tumanida 1600 gektar maydonda 500 ga yaqin ishlab chiqarish korxonasini o‘zida birlashtirgan Turkiyaning eng yirik sanoat zonalaridan biri bo‘lgan Adana Hacı Sabancı birlashtirilgan sanoat zonasi joylashgan bo‘lib, farg‘onalik tadbirkorlar bilan qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Innovatsion rivojlanishda bo‘lgan Saricham hududidagi Chuqurova universiteti, Fan va texnologiyalar universiteti kabi qator oliy ta’lim muassasalari bilan Farg‘ona viloyatidagi oliygohlari o‘rtasida hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Muloqot davomida Farg‘ona va Adana shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Farg‘ona shahar hokimligi va Saricham tumani o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026