Bloomberg: Yevropada «oltin viza» biznesi gullamoqda
AQShning Bloomberg nashriga ko‘ra, ko‘hna qit’ada investitsiya evaziga yashash huquqini beruvchi «oltin viza» biznesi borgan sari rivojlanib bormoqda. Vaholanki, YeI bunday ko‘rinishda fuqarolik berish shartlari murakkab bo‘lishini ma’lum qilgan.

Illyustrativ foto
2011-19 yillar oralig‘ida investitsiya hisobiga 132 ming odam YeI davlatlarida fuqarolik olgan. Bu jarayon uy-joy narxini oshirib yuborgani va nazorat kuchsizligi ortidan siyosiy rezonans keltirib chiqargandi. Yevroparlament va Yevropa komissiyasi YeI davlatlaridan «oltin viza» berish dasturlarini yopishni so‘ragan. Britaniya va Irlandiya allaqachon viza berishni to‘xtatgan.
Ammo Yevropaning boshqa davlatlarida «oltin viza»lar mo‘may daromad keltirishda davom etmoqda. Masalan, oxirgi oylarda Gretsiya va Portugaliyada viza olish holatlari ko‘paygan. Ispaniya va Italiyada esa «oltin viza»ga talab rekord darajada oshib ketgan.
«Oltin viza» nima?
Yevropa Ittifoqi a’zolarida ushbu davlatga investitsiya kiritish yoki ma’lum narxga mol-mulk sotib olish evaziga yashash huquqi yoki fuqarolik berish tartibi mavjud. Barcha davlatlarda bu borada o‘z talablari bor. Masalan, ba’zi davlatlar mamlakat hududida kamida bir yil yashaganlargagina bunday huquqni beradi.
Aftidan, davlatlar YeI siyosatchilari talabiga qaramay bunday ko‘rinishdagi «issiq pul»dan voz kechmoqchi emas. Masalan, Portugaliya iyul oyida mamlakatda ko‘chmas mulk sotib olish evaziga yashash huquqini berish dasturini bekor qildi. Ammo istagan odam Portugaliyadagi ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanmaydigan har qanday kompaniya yoki fondga kamida 500 ming yevro investitsiya kiritish orqali mamlakatda yashash huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.
Niderlaniya «oltin viza» uchun arizalarni qabul qilishda davom etmoqda. Vaholanki, mamlakat bunday dasturdan voz kechganini e’lon qilgan. Bunday holat Chernogoriyada ham kuzatilmoqda. Ispaniya esa viza tartibini emas, uni olish uchun talab qilinadigan miqdorni o‘zgartirmoqchi. Ya’ni Ispaniya «oltin viza»sini olish endi 500 ming emas, 1 million yevro bo‘lishi mumkin.
Kiprda «oltin viza» tartibi biroz o‘zgardi, lekin to‘liq emas. Gap shundaki, avval investorning oila a’zolari ham yashash huquqini qo‘lga kiritardi, hozir bu imkon faqat pul to‘lagan odamga taqdim etiladi. Bolgariya esa 2021 yilda yopilgan «oltin viza» tartibini yana qayta ochganini e’lon qildi.
Malta ham Gretsiya kabi «oltin viza» narxini oshirish orqali o‘ziga xos «islohot» qildi. Ammo Yevrokomissiya bu talab yetarli emasligini aytib, ko‘pchilik fuqaroligini olishga qiziqadigan Maltadan bu tartibni bekor qilishni so‘ramoqda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

23:08 / 06.05.2025
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda

21:31 / 03.05.2025
2026 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

15:25 / 30.04.2025