Jahon | 13:28 / 17.08.2023
6730
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Germaniyaga Isroilning Arrow 3 HHM tizimini 4 mlrd yevroga sotishni ma’qulladi

Eng yangi havo hujumidan mudofaa tizimi uchun Germaniya Isroilga deyarli 4 milliard yevro to‘laydi. Bu Isroil va Germaniya o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi eng yirik kelishuvdir. 

Foto: AN

AQSh Isroilga Germaniyaga 100 kilometrdan ortiq balandlikdagi nishonlarga zarba bera oladigan Arrow 3 raketalardan mudofaa tizimini sotishga ruxsat berdi, deya xabar qilmoqda 17 avgust, payshanba kuni Isroil Mudofaa vazirligi. Vashingtonning roziligi Isroil va Germaniya o‘rtasida tarixdagi eng yirik harbiy kelishuvga yo‘l ochdi, deyiladi xabarda. 

AQShning roziligi Germaniyaga Arrow 3 yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzolash yo‘lidagi so‘nggi asosiy to‘siq sifatida qolayotgandi. Berlin tomonidan ushbu havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olish bo‘yicha muzokaralar 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlaridan ko‘p o‘tmay boshlangan. Shartnoma Isroil va Germaniya Mudofaa vazirliklari, shuningdek, Israel Aerospace Industries tomonidan imzolanadi. 

Arrow 3 havo hujumidan mudofaa tizimi 

Germaniya Bundestagining Budjet va mudofaa qo‘mitasi joriy yilning iyun oyida Arrow 3’ni sotib olishni ma’qulladi. Shartnoma qiymati deyarli 4 milliard yevroni tashkil qilyapti. Moliyalashtirish Bundesver uchun zamonaviy qurol-yarog‘lar sotib olish uchun maxsus fond hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu fond Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga javob sifatida yaratilgan.

Arrow 3 tizimi Isroil va AQSh tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan. U 2025 yil oxirigacha foydalanishga tayyor bo‘lishi kerak. Germaniya tashabbusi bilan Arrow 3 Yevropa havo hujumidan mudofaa tizimining bir qismiga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid