Hudud24 şu savollarga oid muhim qoidalarni eslatdi.
Sudga kimlar kiradi?
Sud majlisi işning toifasiga qarab, oçiq yoki yopiq tarzda köriladi.
Oçiq sud majlisida barça, jumladan, jurnalistlar ham iştirok etişi mumkin. OAV xodimlarining qonunda zid asoslar bilan sudga kirişini çeklaş taqiqlangan.
Protsess iştirokçisi bölmagan voyaga yetmaganlarning sudga kirişiga çeklov qöyilişi mumkin.
Sud majlisini protsess iştirokçisi bölmagan kişilar qatnaşişini çeklaydigan binolarda ötkazişga yöl qöyilmaydi.
Sud jarayonini foto, audio yoki videotasvirga oliş mumkinmi?
Quyidagi şart bilan sud jarayonini foto, audio, videotasvirga oliş yoki OAV orqali translatsiya qiliş mumkin:
- fuqarolik işini körişda — sudyaning taraflar roziligi olingandan keyin bergan ruxsati bilan;
- jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy işni va ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körişda — sudyaning taraflar fikrini eşitgandan keyin bergan ruxsati bilan.
Har qanday iş böyiça erkin tarzda qaydlar yozib oliş, stenogramma yuritiş, iqtisodiy yoki ma’muriy huquqiy iş körilayotganda esa audioyozuvdan foydalaniş uçun heç qanday ruxsat talab etilmaydi.
Qayd qiliş lozim, sud jarayonini foto, audio yoki videotasvirga oliş haqida sudyaga oldindan bildiriş lozim. Çunki sudlarga kirişda telefon, noutbuk, diktofon yoki boşqa qurilmalarni olib kirişga nisbatan çeklov bölişi mumkin. Qonunçilikda sud binosiga mobil qurilmalar bilan kirişga ruxsat beriş yoki çeklaş böyiça yagona tartib yöq.
Sudya intervyu beradimi?
Sudya sud hujjati kuçga kirgunga qadar iş böyiça intervyu beriş yoki OAV orqali çiqiş qilişi mumkin emas.
Şuningdek, OAV biror iş böyiça sud natijasini başorat qilişi yoki sudga boşqaça tarzda ta’sir etişi (bosim ötkazişga) taqiqlangan.















